Maxfiylik

Loginsiz

O'yinxona da o'ynash uchun ro'yxatdan o'tish shart emas. Natijalaringiz (rekordlar, statistika, sevimlilar, sozlamalar) faqat shu qurilmadagi brauzer xotirasida (localStorage) saqlanadi va hech qayerga yuborilmaydi. Brauzer ma'lumotlarini tozalasangiz, ular yo'qoladi.

Hisob bilan

Ixtiyoriy ravishda hisob ochsangiz, natijalaringiz nusxasi bulutda (Supabase) email manzilingizga bog'liq holda saqlanadi, shunda ularni boshqa qurilmada ham ko'rasiz. Har foydalanuvchi faqat o'z ma'lumotini ko'ra oladi. Chiqib ketsangiz, ma'lumot bulutda qoladi; uni o'chirish uchun biz bilan bog'laning.

Nimalar yig'ilmaydi

Reklama, kuzatuvchi skriptlar, uchinchi tomon analitikasi va cookie-fayllar bilan kuzatuv ishlatilmaydi.